Elett shampunlari va balzamlari

tarkibida orxideya moyi va ekstrakti bo’lgan yangi Elett shampuni yoqimli gul iforiga ega, quruq va zaiflashgan sochlarni intensiv namlantiradi hamda oziqlantiradi. Ipakdek mayinlik va jilo baxsh etadi, sochlarni avaylab tozalaydi va tetiklashtiradi.

Orxideyali Elett shampuni

tarkibida orxideya moyi va ekstrakti bo’lgan yangi shampun bo’lib, yoqimli gul iforiga ega. Quruq va zaiflashgan sochlarni intensiv namlantiradi hamda oziqlantiradi. Ipakdek mayinlik va jilo baxsh etadi, sochlarni avaylab tozalaydi va tetiklashtiradi.

Orxideyali Elett balzami

tarkibida orxideya ekstrakti bo’lib, u sochlarni ajoyib namlantiradi va suv-lipid balansini qayta tiklaydi. Balzamdan davomiy foydalanish Sizning sochingizda tabiiy jilo va quvvat baxsh etadi. Shampun ta’sirini to’ldiradi va kuchaytiradi.

Atirgulli Elett shampuni

tarkibida xayoliy atirgul iforlari dastasi va yog‘i bo‘lgan maxsus oziqlantiruvchi Elett shampuni bo’lib, sochlarning parvarishi uchun betakror vositadir. Shampunning innovatsiyon formulasi ilk foydalanishingizdayoq Sizning sochingizni parvarishlay boshlaydi, avaylab tozalaydi va namlantiradi. Tashqi nojo‘ya ta’sirlardan himoyalovchi qatlam hosil qiladi.

Atirgulli Elett balzami

tarkibida atirgul yog’i bo’lib, sochlarni parvarishlashda shampun ta’sirini oshiruvchi va kuchaytiruvchi ajoyib vositadir. Balzam o’zining me’yordagi polivitaminlar kompleksi yordamida sochning strukturasini ildizdan to butun uzunligi bo’ylab sog’lomlashtiradi, oziqlantiradi va mustahkamlaydi.

Liliyali Elett shampuni

tarkibida liliya ekstrakti bo‘lib, har qanday turdagi sochlarni asrab-avaylovchi vositadir, ayniqsa zaiflashgan, jonsizlangan, shikastlangan va quruq sochlar uchun tayyorlangan shampundir. Shampun sochlarga tabiiy jiloni qaytaradi va soch taralishini yengillashtiradi, bosh terisini tetiklashtiradi va namlantiradi, sochlarga quvvat baxsh etadi.

Liliyali Elett balzami

sochlarni oziqlantirish va namlantirish, sochning strukturasidagi namlikning optimal me’yorini qayta tiklash uchun maxsus moslashtirilgan liliya ekstrakti va unutilmas gullar ifori kombinatsiyasidir. U premial chuqur parvarishlovchi formulasi yordamida sochlarga tabiiy jiloni qaytaradi va soch taralishini osonlashtiradi. Shampun ta’sirini to’ldiradi va kuchaytiradi.

Jasminli Elett shampuni

sochingizning strukturasini qayta tiklaydi, unga hayotbaxsh quvvat va chiroyni qaytaradi.  Shampun tarkibida sochlarni bir zumda jonlantiruvchi jasmin efir va vanil moyi bor bo’lib, ular sochlarga ipakdek mayinlik va jilo baxsh etadi.

Jasminli Elett balzami

tarkibida xushbo’y jasmin efir moyi bo’lib, u soch ildizi strukturasini qayta tiklaydi, soch uchlarining sinishi va mo’rtlashishini oldini oladi, namlikning optimal darajasini saqlanishiga yordam beradi, terini himoyalaydi va tabiiy balansni ta’minlaydi. Maxsus zararlangan sochlarni intensiv qayta tiklash uchun moslashtirilgan. Balzam tez singadi va terini jasminning yoqimli iliq ifori bilan burkaydi. Shampun ta’sirini oshiradi va kuchaytiradi.

Gulsafsar va Binafshali Elett shampuni

innovatsion formulasi tarkibi fitoestrogenlar, polisaxaridlar, flavonoidlar va glikozidlardan tashqari vitaminlarga to‘yintirilgan gulsafsar, binafsha hamda nastarin ekstraktlari va efir moylari bilan boyitilgan. Bu foydali ingrediyentlar teri va sochning suv-yog‘ balansini mustahkamlaydi, sochlarni ichki tomondan namlantiradi, qayta tiklaydi va oziqlantiradi. Sochning butun uzunligi bo‘ylab tekislaydi, mo‘rtligini kamaytiradi.

Gulsafsar va Binafshali Elett balzami

tarkibida gulsafsar, binafsha va nastarinlar ekstrakti va efir moyi bo’lib, sochni butun uzunligi bo’ylab oziqlantiruvchi, namlantiruvchi, qayta tiklovchi va silliqlovchi polivitaminlar kompleksi, polisaxarid va glikozidlarga ega bo’lib, sochlarning tez sinuvchanligini kamaytiradi. Shampun ta’sirini to’ldiradi va kuchaytiradi.