Yuz uchun losyon Effetta «Cucumber fresh»
Bodring ekstraktli yuz losyoni yuz terisini muloyimlik bilan oqartiradi, tozalaydi, yumshatadi va tetiklantiradi. Bodring ekstrakti-ning faol moddalari terini yoshartiradi va teridagi teshikchalarni toraytirib, zarur namlik darajasini ta’minlaydi. Tarkibida C vitamini bo’lgani uchun terini oqartiradi, pigment dog’lari paydo bo’lishining oldini oladi.
Shampon Effetta «Cucumber fresh»
Bodring ekstraktli shampun yog’lanishga moyil sochlarni intensiv tozalaydi va namlaydi. Bodring ekstrakti C va B guruhi vitaminlariga boy, ular sochlarni mukammal oziqlantiradi, tiklaydi va uzoq vaqt musaffolik hissini beradi. Qo’llanilishi: shampunni nam sochlarga yengil uqalab surting, iliq suv bilan yuvib tashlang.
Yuz yuvish uchun ko’pik Effetta «Cucumber fresh»
Yuzni tozalash uchun maxsus yaratilgan YUZ YUVISH UCHUN KO’PIK mahsuloti terini chuqur qatlamlaridagi kosmetikani muloyimlik bilan bartaraf qiladi. Bodring ekstraktining foydali tarkibiy qismlari oziqlantiruvchi, tetiklantiruvchi va namlantiruvchi vosita vazifasini bajaradi. Ko’pik terining elastikligini tiklaydi va tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qiladi. Yoqimli hid, havodor tuzilishga ega.
Soch uchun balzam Effetta «Cucumber fresh»
Barcha turdagi sochlar uchun mo’ljallangan bodring ekstraktli chayuvchi-balzami yog’lanishga moyil bo’lgan sochlarni intensiv parvarishlaydi. Balzam formulasi bodring ekstraktida mavjud bo’lgan C va B guruhi vitaminlari bilan boyitilgan. Balzam tufayli sochlaringizni tarash oson bo’ladi va ularning elastikligi oshadi. Balzamni qo’llaganingizdan keyin sochlar yanada zich va yorqin bo’ladi.
Yuz uchun maska Effetta «Cucumber fresh»
Bodring ekstrakti bilan oqartiruvchi yuz niqobi teringizga muloyimlik bilan g’amxo’rlik qiladi, uni tozalaydi, yumshatadi va tetiklantiradi. Allantoin va aloe vera ekstrakti teri hujayralarini yangilaydi va uni tarang va elastik qiladi, tezkor lifting ta’sir ko’rsatadi, terini yoshartiradi va tetiklantiradi, sog’lom yuz rangini hadiya etadi.