Éclair kremlari

turli o’simlik va meva ekstraktlari asosida tayyorlangan qo’l, oyoq va yuz terisini, shuningdek, bolalar terisini parvarish qilish uchun mo’ljallangan.

Qulay konsistensiya va biologik faol moddalar majmuasi terini mayin va yumshoq qilib, atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi, shuningdek intensiv namlaydi. Kremni kunduzi ham, kechasi ham qo`llash mumkin. Kremlarning xushbo’y hidi uzoq vaqt davomida yoqimli tasurot qoldiradi.

Bodring ekstraktli yuz kremi

bodring suvi va ekstraktiga to‘yingan mayin krem yuz hamda badan terisini oqartirish va teriga zarar keltiruvchi turli pigmentlarning ta’sirini pasaytirish xususiyatiga ega, shu bilan birga terini ajoyib namlaydi  va uni taranglashtiradi.

Echki sutli yuz kremi

echki suti asosidagi proteinlar va lipidlarga boy bo‘lgan nafis krem yuz va bo‘yin hujayralarining kollagen ishlab chiqarish jarayonini faollashtiradi. Teri konturlarini taranglashtiradi va yoshartirib, oziqlantiradi.

Petrushka ekstraktli yuz kremi

petrushka va zveroboy ekstraktlari tabiiy antioksidant manbai bo‘lib, terida moddalar almashinuvi jarayonini faollashtiradi.

Веселый теремок bolalar kremi

tabiiy zveroboy va moychechak o‘simlik ekstraktlari mujassamlashgan nafis krem, antibakterial hamda yosh bolalarning nozik terisini tetiklashtirish xususiyatlariga ega.

Ko‘k choy ekstraktli oyoq kremi

oyoq kremi tovon yorilgan va quruqlashganda parvarishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tovondagi yoriqlarni bitishiga yordam beradi. Terini yumshatadi va oziqlantiradi.

Himoyalovchi bolalar kremi

yosh bolalar uchun moychechak, limon, chereda va aloe ekstraktlariga to‘yintirilgan krem terini yumshatadi, namlaydi va oziqlantiradi.

Uzum ekstractli ml qo‘l kremi

qo‘l terisini qayta tiklovchi uzum ekstraktli krem barcha turdagi terilarni kundalik parvarishlash uchun mo‘ljallangan. Uzum ekstrakti terini yumshatish va uni tinchlantirish uchun betakrordir.

Silikon qo‘l kremi

ushbu betakror krem teri yuzasida mayin parda hosil qilib, uni tashqi zararli omillardan himoya qiladi. Shuningdek, terini elastik va yumshoq holatga keltiradi.

Moychechak ekstraktli qo‘l kremi

moychechak yog‘i hamda tabiiy ekstraktlardan tashkil topgan qo‘l kremi terini intensiv parvarishlaydi va oziqlantiradi, terining himoyalanish xususiyatini oshiradi, uy ishlarini bajarish vaqtida terini himoyalaydi.

Olma ekstraktli qo‘l kremi

tarkibida olma ekstrakti bo‘lgan qo‘l kremi terini yumshatib, namlaydi, teri hujayralarini mustahkamlaydi, unga yumshoqlik va elastiklik beradi.