
Super blond - Soch uchun ochartirgich
50 Baholashlar
"SUPER BLOND" ochartirgich sochlar va har xil melirovkalash texnikasi uchun mos keladi: Sochlarni 4-6 tusgacha ochartirish imkonini beradi, natija soch rangining to‘qligi va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq. Qulay tarkib sochlarni zamonaviy ochartirish imkonini beradi. Vositaning oson va yengil qollanilishi tufayli, uni professional hamda uy sharoitida qo‘llash mumkin.
Texnik xususiyatlar
Maqsad/turi:
Ochartiruvchi kukun
Bajaradi:
Sochlarni 4-6 tusgacha ochartirish imkonini beradi
Brend:
Eclair
Barcha xususiyatlar
"SUPER BLOND" ochartirgich sochlar va har xil melirovkalash texnikasi uchun mos keladi: Sochlarni 4-6 tusgacha ochartirish imkonini beradi, natija soch rangining to‘qligi va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq. Qulay tarkib sochlarni zamonaviy ochartirish imkonini beradi. Vositaning oson va yengil qollanilishi tufayli, uni professional hamda uy sharoitida qo‘llash mumkin.
«SUPER BLOND» sochni ochartirish vositasi tarkibidagi komponentlar tabiiy zaytun moyi asosidagi innovatsion kompleks evaziga sochlaringizni sariq dog‘larsiz mayin oq rangga kelishiga yordam beradi. Vositadan professional salonlarda, hamda uy sharoitida foydalanish mumkin.
XAVFSIZLIK CHORALARI:
Ochartirish vositasini qo‘llashdan oldin terini allergiyaga ta’sirchanligini tekshirib ko‘rish lozim
Ochartirish vositasidan foydalanishda metall buyumlarni ishlatish ta’qiqlanadi
Vositadan kiprik va qoshlarni ochartirish uchun foydalanish qatiyan man etiladi
Vositani ko‘zga tegishidan asrang, agar vosita ko‘zga tegsa, ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlang
Vositani krem - oksidlovchi bilan aralashmasini darhol ishlatish lozim
Aralashmadan qolgan qismini saqlamaslik kerak
Sochda ochartiruvchi aralashmani 50 daqiqadan kam vaqt mobaynida ushlab turish maqsadga muvofiq
Sochlaringizga kimyoviy ta’sir o‘tkazilgan bo‘lsa, yoki tabiiy xna vositasidan foyadalangan bo‘lsangiz, bir oydan so‘ng soch ochartirish vositasidan foydalanishingiz mumkin
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang
Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymang.
ALLERGIYAGA TEST
Ochartirish vositasidan foydalanishdan oldin uning teriga allergik ta’sirini kuzatish lozim. Buning uchun 0,5 qoshiq ochartirish vositasi, 1 qoshiq krem - oksidlovchini qo‘shib aralashtirish lozim, aralashmadan olib terining tirsak bukiladigan qismiga yoki quloq orqasiga surtib, 30 daqiqadan so‘ng, yuvib tashlanadi, 24 soat davomida terida allergik holatlar kuzatilmasa vositadan foydalanish mumkin.
QO‘LLASH USLUBI
Ochartirish vositasini ochib metall bo‘lmagan idishga solinadi, ustiga krem - oksidlovchi solinib aralashtiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan aralashmani darhol sochga surtish lozim, buning uchun sochlarni qismlarga bo‘lib chiqib, har birini alohida bosh orqa qismidan boshlab bir me’yorda surtish lozim. Aralashmani sochda 20-50 daqiqa, o‘zingizga kerakli ochartirish darajasiga kelgunga qadar ushlab turib, shampun bilan yuvib tashlang. Keyin parvarishlovchi-maskani sochga surtib, 3-5 daqiqa mobaynida ushlang va yuvib tashlang.



